Vazir Behzod Musaev Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli bilan uchrashdi.

14.02.2023

Unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Ma’muriy islohotlarni hisobga olgan holda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash, ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, qishloq hududlarda istiqomat qiluvchi ayollar iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytirish, konsultativ hamda tahliliy xizmatlar, shuningdek kambag‘allik va gender darajasini baholash sohasida hamkorlik samaradorligini oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.