“VAQTINCHALIK BIR MARTALIK ISH BILAN TA’MINLASH BYUROSI” O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI

28.10.2020

Bir martalik, ya’ni kunlik ish so‘rab keluvchi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, ularga mehnat bozorida teng sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li, Ibn Sino-2 mavzesida joylashgan “Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi” karantin qoidalariga rioya qilgan holda ish faoliyatini boshladi.

Ushbu markazda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan oshxona, ish beruvchilar bilan suhbat zali tashkil qilingan. Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarma boshlig‘i D.Matrasulov va o‘rinbosari A.Sattarova, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, markazdagi barcha shart-sharoitlar bilan tanishtirib o‘tdilar.