FARG‘ONA VILOYATINING QO‘QON SHAHRIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

15.10.2020

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Prezident Administrasiyasi, vazirlik va idora rahbarlari ishtirokida Qo‘qon, Dang‘ara va Beshariq tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B. Umurzoqov boshchiligidagi Vazirlikning bir guruh xodimlari ham fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hamda aholining dolzarb muammolarini o‘rganib chiqish va ularga tezkor yechim topish jarayonida qatnashdilar.