O'zbekiston - Germaniya: navbatdagi ikki tomonlama manfaatli uchrashuv

04.11.2021

Bugun vazir Nozim Xusanov Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dr. Tilo Klinner, uning iqtisodiy masalalar bo'yicha yordamchisi Ralf Maureder bilan uchrashdi.

Tadbirda Germaniya Federativ Respublikasi hududida ishlash istagida bo’lgan o’zbekistonlik fuqarolarni nemis mutaxassislari yordamida monomarkazda kasb-hunarga o’qitish, Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda nemis tiliga o’rgatish masalalari muhokama qilindi. Bu bo’yicha yo’l xaritasi ishlab chiqilib, mazkur jarayon ishchi guruh tomonidan olib borilishi ta'kidlandi.

Shuningdek, kelgusida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Germaniya Federativ Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy ravishda jalb qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi. 

Ma’lumot uchun: bugungi kunda vazirlik Germaniyaning “KfW” Germaniya taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan yurtimizda kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirish, baholash uchun xalqaro va milliy ekspertlarni jalb etishni nazarda tutuvchi “Kasb-hunar ta’limi va ta’lim (VET)” loyihasi doirasida hamkorlikni amalga oshirmoqda.