“Ustalarning halol ishlagan haqlarini kim to'laydi?” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

26.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Ustalarning halol ishlagan haqlarini kim to'laydi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar https://t.me/acchikhakikat/5881bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida murojaat muallifi “MZ-Kabel group” MCHJ da ishlashi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga muvofiq, mazkur korxonaning xodimlar oldida qarzdorligi aniqlanmadi.

Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari tomonidan ish beruvchiga xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.