Urganch tumanida yangi ish o'rinlari yaratildi
06.09.2021
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg'armasi tomonidan Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan "UCHQUN XUDAYBERGAN" xususiy korxonasiga 50 ta tikuv mashinasi qulay ijara shartlari asosida olib berildi.
Pirovardida, tadbirkor tomonidan tumandagi ishsiz, band bo'lmagan yoshlar, ayollar uchun yangi ish o'rinlari yaratildi.