Urganch tumanida kasbga yo‘naltirish soatlari o‘tkazildi
27.02.2020
Inson kelajakda o‘z o‘rinlarini topishida uning kasb tanlashi ham ahamiyatga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari va Xalq ta'limi vazirliklari o‘rtasida 2019-yil 6-dekabrda imzolangan qo‘shma qarorga muvofiq, 2019–2020 o‘quv yili davomida umumta'lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan mehnat darslari respublikamiz bo‘ylab tashkil etilmoqda.
Shu kabi tadbir Xorazm viloyatining Urganch tumani maktablari bitiruvchilari uchun "Kasbga yo‘naltirish soatlari" o‘tkazildi.
Unda bitiruvchilarga mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasi hamda talab yuqori bo‘lgan kasblar haqida ma'lumotlar berildi.