Urganch shahrida KOIKA bilan hamkorlikda kasbga o‘qitish markazi quriladi

25.10.2019

24-oktabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA)ning O‘zbekistondagi Ofisi direktori Son Song Il boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan kasbga o‘qitish tizimi bo‘yicha hamkorlik loyihalari muhokama etildi.

Mehnat vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov hamda tegishli boshqarma xodimlari qatnashdi.

Muhokamaning asosiy mazmuni Urganch shahrida KOIKA grant mablag‘lari hisobiga qurilishi rejalashtirilgan kasbga o‘qitish markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik loyihasi tafsilotlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

коика1

коика2

коика3