Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazida "Ayol qo'li" mavzusida ko'rgazma o'tkazildi

20.09.2021

Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazida "Ayol qo'li" mavzusida ko'rgazma tashkil etildi. Unda yoshlar tomonidan o'quv jarayonlarida qilingan amaliy ishlar namoyish qilindi.

Tadbirda iqtidorli yigit-qizlarni tanlab olish uchun turli shartlar asosida o'yinlar tashkil etilib, qatnashuvchilar oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.

 Tadbir yakunida faol qatnashgan yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.