"Umumta'lim maktablari o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish ishlari samaradorligini oshirish" mavzusida seminar tashkil etildi
Bugun poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 131-IDUMda Xalq ta'limi vazirligining Respublika tashxis markazi, Toshkent shahar Xalq ta'limi Bosh boshqarmasi va Monomarkaz hamkorligida tumandagi umumta'lim maktablarining 150 dan ortiq 9-10-11-sinf o'quvchilari uchun "Umumta'lim maktablari o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish ishlari samaradorligini oshirish" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda monomarkaz vakillari Sh.Nuraliyev va M.Qosimovlar ishtirok etib, monomarkaz faoliyati, o'quvchilarning maktabdan tashqari bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ularni qisqa muddatli kasblarda o'qitishga jalb etish, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlik asoslari kurslarida o'qitish hamda kasb tanlashdagi muhim jihatlar haqida batafsil ma'lumotlar berdilar.