Uch tomonlama va xalqaro hamkorlar ishtirokida   “O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish” loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi

08.11.2023
Uch tomonlama va xalqaro hamkorlar ishtirokida   “O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish” loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
 
 Loyihani amalga oshirish:
 
O‘zbekistonda ishchilar va ish beruvchilar huquqlarini himoya qilish, mehnat sohasidagi nizolarni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro standartlar hamda ilg‘or xorijiy tajribani tadbiq etishga;
 
 paxta-to‘qimachilik sanoatini boshqarish tizimi samaradorligini yanada oshirishga;
 
sohada munosib mehnat tamoyillarini ilgari surishga;
 
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarining jahon bozorlariga eksportini yanada kengayishi, o‘z navbatida yangi – munosib ish o‘rinlarini yaratish, hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
 
 Tadbirda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari R.Turdiboyeva ham kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Mehnat nizolarini hal qilishga ko‘maklashish markazining faoliyati yuzasidan taqdimot ham qilindi.