Turkiyalik mutaxassislar “Ishga marhamat” monomarkazida

07.01.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son Qarorida kasb-hunarga o‘qitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslarning ta’lim jarayoniga Germaniya, Koreya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish belgilangan.

Undagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilgan “O‘quv-maslahat ofisi”ga turkiyalik mutaxassislar taklif etildi. Shu munosabat bilan monomarkaz hamda xorijlik vakillar o‘rtasida uchrashuv o'tkazilib, hududiy monomarkazlarning yo‘nalishlar bo‘yicha muhandis-usta va o‘qituvchi-mutaxassislari malakasini oshirish, Yevropa standartlari asosida mutaxassislar tayyorlash hamda metodik yordam berish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Turkiyaning malakali mutaxassislari o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishtirildi.