Turkiya Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining bir qator mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi

10.03.2022

#Xalqaro_hamkorlik

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Turkiya Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining bir qator mutaxassislari bilan uchrashdi.

Tadbirda xorij tomonidan Kasbiy taʼlim standartlari boshqarmasi mutaxassisi Esma Dogan, Sinov va sertifikatlashtirish boshqarmasi mutaxassisi Ayshegul Alev Aydin hamda Malakani baholash boshqarmasi mutaxassisi Ekrem Yaziji ishtirok etdi.

➡️ Kun tartibida kasbiy taʼlim standartlarini rivojlantirish, sertifikatlashtirish hamda malakani baholashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.