“Toza hudud” DUK Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar filialining ishchi-xodimlariga oylik maoshlari to'lab berilmaganligi bo'yicha rasmiy munosabat
05.08.2022
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toza hudud”ning ishchi-xodimlariga to‘rt oylik maoshi hali-hanuz berilmagani" mazmunidagi xabar yuzasidan Farg'ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Unga ko'ra, “Toza hudud” DUK Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar filialining 91 nafar ishchi-xodimlariga 1 iyul holatiga ko'ra ish haqlari to‘liq to'lab berilganligi aniqlandi.