Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani va Chirchiq shahrida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi

02.06.2020

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hamda Chirchiq shahrida pandemiya sabab joriy etilgan karantin va cheklovlar davrida aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur masalani o‘rganish maqsadida joriy yilning 1 iyun kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari N.Yakubov ushbu hududlarda bo‘ldi.

Bo‘stonliq tumanining “Ashisay” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 12 nafar ishsizning bandligini ta’minlagan 20 gektarli “Bo‘stonliq yoshlar qanoti” ishlab chiqarish kooperativi tashkil etilgan. Bunga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 26.7 mln. so‘m subsidiya ajratilgan. Vazir o‘rinbosari bu yerda bo‘lib, holatni ko‘zdan kechirdi va ishni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berdi. Shuningdek, tumanda asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan M.Vahobov faoliyati bilan ham tanishdi. Unga soha yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

бўстонлиқ  5

бўстонлиқ  4

бўстонлиқ  3 

Qayd etish kerakki, aprel oyida Bo‘stonliq tumani va Chirchiq shahrida 552 nafar ishsiz fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularga Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 283,6 mln. so‘m to‘lab berildi. May oyi uchun esa 573 nafar ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga jalb etilib, ish haqi to‘lovi uchun 390.4 mln. so‘m ajratildi. Shuningdek 29 nafar ishsiz fuqarolarga issiqxona qurishi; urug‘lik, ko‘chat hamda sug‘orish vositalari xarid qilishi uchun jami 55,0 mln. so‘mlik subsidiya ajratildi.

Chirchiq shahrida band bo‘lmagan 191 nafar fuqaro dezinfektorlik, obodonlashtirish ishlari, karantinga olingan fuqarolarni nazorat qilish uchun jalb etilgan.

Bundan tashqari, karantin vaqtida vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “COOD CTYLE” MChJga Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, korxonani faoliyatini tiklash hisobiga 20 nafar band bo‘lmagan ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlangan.

бўстонлиқ  2