“Toshkent viloyati prokuraturasi hovlisida favvora qurgan ishchilar pulini ololmayapti” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

18.12.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Toshkent viloyati prokuraturasi hovlisida favvora qurgan ishchilar pulini ololmayapti” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar https://kun.uz/47299191 bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O’rganish davomida Toshkent viloyati prokuraturasi hovlisida favvora qurilish ishlarini amalga oshirayotgan “Toshkent viloyati maxsus montaj qurilish” MCHJ tomonidan joriy yilning 14-dekabr kuni barcha ishchi-xodimlarning oylik ish haqlari to‘lab berilishi ta’minlandi hamda kelgusida bunday qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida yozma ko‘rsatma kiritildi.

Shuningdek, ish beruvchiga xodimlarning ish haqlarini to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.