Toshkent viloyati "Ishga marhamat" Monomarkazida “Munosib mehnat sharoitlarini yaratish ish beruvchilarning burchi” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

04.08.2022

Ayni damda Toshkent viloyati "Ishga marhamat" Monomarkazida Ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi hamda Ish beruvchilar konfederasiyasi bilan xamkorlikda hududlardagi korxona hamda tashkilotlarda “Munosib mehnat sharoitlarini yaratish ish beruvchilarning burchi” mavzusida seminar boshlandi. Unda vazir Nozim Xusanov ishtirok etmoqda. 

Seminarning asosiy maqsadi – qishloq xo‘jaligi sohasida munosib mehnat sharoitlarni yaratish, har bir ish o‘rinda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni boshqarishni (oldini olish) ta’minlanishi natijasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni, kasb kasalliklarni oldini olish shuningdek ish beruvchilarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatishdir.