“Toshkent viloyati Angren shahar Krasnogorsk shifoxonasining shifokorlari nimadan norozi” hamda 16-yanvar kunidagi “Biz Krasnogorsk shifoxona xodimlari video obrasheniya” qildik Prezident”ga mazmunidagi yo‘llagan

26.01.2022

Ijtimoiy tarmoqdagi Krasnogorsk qo‘rg‘oni shifoxonasining bir guruh xodimlari tomonidan 2022 yil 14 yanvar kunidagi ijtimoiy tarmoq orqali “Toshkent viloyati Angren shahar Krasnogorsk shifoxonasining shifokorlari nimadan norozi” hamda 2022 yil 16 yanvar kunidagi “Biz Krasnogorsk shifoxona xodimlari video obrasheniya” qildik Prezident”ga mazmunidagi yo‘llagan video murojaati Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.


O‘rganish davomida, holat yuzasidan Toshkent viloyati Parkent tumani Krasnogorsk shifoxonasi xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmaganligi, shuningdek, Mehnat kodeksining 98-moddasi talablariga asosan xodimning roziligi bilan mehnat munosabatlari davom ettirilishi to‘g‘risida tushuntirish berildi.


Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154,161-moddasi talablariga ko‘ra ish haqlarini kechiktirilganligi bo‘yicha MJtKning
49-moddasi 1-qismi ko‘ra ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi