TOSHKENT SHAHRIDAGI ISHSIZ FUQAROLARNI KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZIGA KOREYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGINING O‘ZBEKISTONDAGI OFISI DIREKTORI PARK SUNJIN XONIM TASHRIF BUYURDI
2020 yil 11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi ofisi direktori Park Sunjin xonim tashrif buyurdi.
Mehmon markaz direktori Jamshid Valiyev hamda o‘qituvchilar jamoasi tomonidan samimiy kutib olindi hamda markaz faoliyati va uning kelajakdagi rejalari haqida maʼlumotlar bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yana-da rivojlantirish va hamkorlikdagi turli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Tashrif so‘ngida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magi asosida barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar maʼlumot almashinuvi oson bo‘lgan "Onlayn taʼlim platformasi"ni yaratish bo‘yicha Memorandum imzolandi. Park Sunjin xonim samimiy qabul uchun markaz jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.