Toshkent shahrida «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka»si tashkil etildi

08.09.2020

Bugun Toshkent shahrining Bektemir tumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tegishli 11 ta tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi» tashkil etildi. 

 photo_2020-09-08_10-49-32 (2)

Mazkur yarmarkada band bo‘lmagan fuqarolar, xotin-qizlar va ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etdi. Yarmarkada nafaqat 200 dan ortiq korxona va tashkilotlar, balki band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi «Ishga marhamat» Monomarkazi ham o‘z kasbga yo‘naltirish kurslari bilan qatnashdi. 

 photo_2020-09-08_10-49-33 (2)

 photo_2020-09-08_10-49-31

“Mehnat yarmarka”si davomida 500 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etmoqda (shundan: 260 nafarga yaqin ayollar, 150 nafarga yaqini yoshlar), tadbir davomida 11 nafar fuqarolar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolandi hamda 30 ga yakin fuqarolarga ishga joylashtirish buyicha yullanma berildi. 

 photo_2020-09-08_09-51-34

Yarmarka haqida batafsil ma’lumot beriladi.