Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi

11.12.2020

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida (qizil) va (sariq) hududga tushgan MFY larda “Temir daftar” ,“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli oila a’zolari hamda prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurolari tomonidan aliment undiruviga qaratilgan ishsiz fuqarolarni bandligiga ko‘maklashish, ularning mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida “Oltintepa”, “Beshkapa”, “Katta Yalong‘och ota” MFY larida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi.

Unda o‘zlaridagi mavjud 244 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan 28 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar qatnashdi. Shuningdek, yarmarkaga 156 nafar fuqarolar jalb etilib, ularning 33 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, 5 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi. Yana 5 nafar ishsiz fuqaroni kasbga tayyorlash o‘quv kurslariga yuborildi. 118 nafar fuqarolarga bandlik munosabatlariga oid maslahatlar berildi.