Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan EFFECT.UZ – internet nashrida “Bunyodkor” klubida moliyaviy muammo yuzaga kelmoqda.
Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan EFFECT.UZ – internet nashrida “Bunyodkor” klubida moliyaviy muammo yuzaga kelmoqda. Futbolchilar 2 oylik maoshlarini olishmagan” sarlavxasi ostida e’lon qilingan maqola o‘rganildi.
Aniqlanishicha, mazkur maqolada “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan xodimlarga ikki oylik ish haqlari to‘lab berilmayotganligi ko‘rsatilgan.
O‘rganish davomida, ayni vaqtda klub tomonidan jami 393 nafar xodimlarga nisbatan oktyabr oyi uchun 1 mlrd 532 million 216 ming so‘m miqdoridagi oylik maoshlari to‘lab berilishi kechiktirilgan. Shuningdek, hozirda klub homiysi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan mablag‘lar ajratilayotganligi va xodimlarga ushbu to‘lovlarni to‘lab berish harakatlari amalga oshiralayotganligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori U.A.Mirzayev nomiga xodimlarga oylik ish haqi bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish hamda keyinchalik oylik ish haqlarini o‘z muddatida to‘lash bo‘yicha Davlat mehnat isnpeksiyasi tomonidan Yozma ko‘rsatma kiritildi.