TOSHKENT SHAHAR BANDLIK BOSH BOSHQARMASI MAS’UL XODIMLARI BEKTEMIR TUMANI ABKMga TASHRIF BUYURISHDI
Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari Bektemir tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga tashrif buyurib, markaz faoliyati, "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga ro‘yxatga olingan aholining bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, ro‘yxatga olinganlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha manzilli va natijali ish olib borish kerakligi belgilab olindi.
Bundan tashqari shu kunning o‘zida Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari A.Sattarova, tuman ABKM rahbari o‘rinbosari F.Elmurodov bilan fuqarolar qabulini tashkil etib, bir qancha murojaatchilar masalasini shu joyning o‘zida hal qilishdi. Jumladan, ish so‘rab murojaat qilgan fuqaro M.Qosimjanovaning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, murojaatchi G. Bobojonovaga esa, kasb o‘rganishi uchun yo‘llanma berildi.