“To’raqo’rg’on neft bazasi” MChJdagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

28.09.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi “To’raqo’rg’on neft bazasi” MChJ xodimlari ixtiyoriy-majburiy ravishda paxta terimiga jalb qilinayotganligi haqidagi xabar https://t.me/sizdantelegram/36622 tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “To’raqo’rg’on neft bazasi” MChJ xodimlari ish joylarida ekanligi aniqlandi, ular bilan alohida suhbatlar o‘tkazilganda ular paxta terimiga jalb qilinmaganligini ma’lum qilishgan.

Shuningdek, ushbu korxonada barcha xodimlar va rahbarlar ishtirokida yigilish o’tkazilib, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan shaxslarga ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi tushuntirildi.