To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida ISO 45001:2018 – “Sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi boshqaruv tizimi” Xalqaro standartini afzalliklari va joriy qilish bo‘yicha qo‘llanma

16.09.2022

Dunyodagi vaziyat
Xalqaro mehnat tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili 2,3 millionga yaqin erkak va ayollar ish joyidagi baxtsiz hodisalar yoki ish bilan bog‘liq kasalliklar natijasida hayotdan ko‘z yumishadi – o‘rtacha har kuni 6000 kishi.
Dunyo bo‘yicha har yili qariyib 340 millionta ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va

160 million kasb kasalliklari ro‘yxatga olinadi.

            Faqatgina zararli moddalar taʼsiri oqibatida yiliga 651,279 ta o‘lim holati kuzatiladi.

Qurilish sohasida baxtsiz hodisalarning nomutanosib yuqori darajasi mavjud.

Ko‘pgina baxtsiz hodisalar Osiyo va Okeaniyada sodir bo‘lmoqda. Ushbu raqam Xitoyda tez o‘sib bormoqda.

Xalqaro mehnat tashkiloti ushbu maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab boradi, bu o‘zgarishlar baxtsiz hodisalar sonining ko‘payganligini va sog‘liqning yomonlashganligini ko‘rsatadi.

 

Nimaga odamlar o‘zlarini xavfsiz tutishmaydi? 

  • Ular o‘zlarini  noto‘g‘ri  tutganlarida  hech  qachon  jabrlanmaganlar (“men buni doimo qilib yurganman va menga hech narsa bo‘lmaydi”, “bu bo‘lishi mumkin emas”);
  • Oddiygina xavflar xaqida xabardor emasligi; (yaʼni xavflar kartasi bilan tanishmaganligi)
  • Xavfsiz xatti – harakatlarning “ijobiy” oqibatlari aniq va darhol namoyon bo‘ladi, salbiylari esa tez orada yuz berishi shart emas yoki bo‘lmasligi ham mumkin deb fikrlash;
  • Xavfsiz xatti – harakatlarni jimgina targ‘ib qilish.

«Yolg‘on tushuncha»

  • Jarohatlanish va baxtsiz hodisalarni oldini olish – faqat mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni vazifasi va javobgarligidadir.
  • Mehnatni muhofaza qilish oldini olish uchun emas, balki allaqachon sodir bo‘lgan voqeaga qaratilgan. Holatni asosiy sababi ildizini topmasdan, aksincha aybdorni topish va jazolash vazifa bo‘lib qolganligidadir.
  • «Asosiysi, bizda barcha hujjatlar joyida!».
  • Yo‘l-yo‘riq berishda rasmiy yondashuv.

Ayon bo‘ldiki, demak ishlab chiqarishga boshqa madaniyat kerak!

Tashkilotlarda ISO 45001:2018 - Sogliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi boshqaruv tizimini afzalliklari va joriy qilish tartibi.

ISO 45001 - sog‘liqni muhofaza qilish va mehnatni muhofaza qilish boshqaruv tizimlari uchun xalqaro standart bo‘lib, ushbu standartni tashkilotda qo‘llashga arziydimi yoki yo‘qligini tushunish muhimdir. Uni tashkilotda joriy etishdan maqsad tashkilot ishini yaxshilash va xodimlar uchun xavfsiz muhitni yaratishdan iboratdir. ISO 45001 sertifikati - tashkilotning mehnat xavfsizligiga katta e‘tibor qaratayotganidan dalolat beradi.

ISO 45001 standartini joriy qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda uning 10 ta asosiy afzalliklarini bilish zarur.

Birinchi afzallik
Ushbu standart tufayli, tashkilot qolgan tashkilotlar orasida yetakchiga aylanishi mumkin.  Ushbu zamonaviy standart joriy etilgandan so‘ng, tashkilot eng yaxshilaridan biri sifatida tan olinadi. Ushbu standartning joriy etilishi tashkilotni raqobatchilardan ajratib turadi.

Ikkinchi afzallik 
ISO 45001 sertifikati potentsial manfaator tomonlarning ishonchini uyg‘otadi. Bu tashkilotning o‘z xodimlarining xavfsizligini doimiy ravishda yaxshilashga intilishining tasdig‘idir.

Uchinchi afzallik
ISO 45001 tashkilotga mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ilg‘or tajribalarni taqdim etadi, bu esa uning barcha ishlab chiqarish jarayonlarida o‘z aksini topadi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ISO tomonidan ishlab chiqilgan ushbu standart Jahonning rivojlangan mamlakatlarida sanoatning barcha tarmoqlarida ko‘p yillar davomida to‘plangan tajribaning timsolidir.

Tortinchi afzallik
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. ISO 45001 standartining oddiy amalga oshirilishi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi barcha qonunchilik talablarga muvofiqligini ta’minlaydi, chunki bunday talablarning doimiy monitoringi va ularning bajarilishi ushbu standart talablaridan biridir.

Beshinchi afzallik
Xodimlarning shaxsiy xavfsizligini oshirish. ISO 45001 har qanday jarayonda, shu jumladan ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanishda inson salomatligi va xavfsizligi uchun xatar (risk)larni hisobga oladi.

Oltinchi afzallik
Boshqaruv jarayonini takomillashtirish. ISO 45001 - boshqaruv tizimlari uchun barcha ISO standartlari kabi, yuqori boshqaruv yetakchiligiga asoslanadi. Yuqori rahbariyat ishtiroki va xatarni aniqlashning aniq belgilangan jarayoni natijasida ishlab chiqarish xavfsizligi doimiy ravishda takomillashtiriladi.

Yettinchi afzallik
Xavf va xatarni baholash. ISO 45001 samaradorligini oshirishda ichki audit tizimi orqali ishchilar salomatligi va xavfsizligiga potentsial tahdidlarni aniqlashga yordam beradigan “erta ogohlantirish tizimi” ni taqdim etadi.

Sakkizinchi afzallik
Daromad ortishi. ISO 45001 standartini joriy etish orqali xodimlarning ishchanlik qobiliyati va samaradorligi oshadi va ish davomida jarohatlanishlar soni keskin kamayishiga olib keladi. Bu barcha yo‘nalishlar bo‘ylab ish faoliyatini yaxshilanishi anglatadi.

Toqqizinchi afzallik
Ish joyidagi mavhum tizimlar va asboblarning sifatini boshqarishga emas, balki tashkilotda mehnat muhofaza qilishga e’tibor qaratiladi.

Oninchi afzallik
Xatarlar va imkoniyatlar bilan ishlash. ISO 45001 nafaqat xatarlar, balki imkoniyatlar bilan ham shug‘ullanadi, OHSAS 18001 va oldingi tizimlar asosan faqat xavflarni ko‘rib chiqar edi.ISO 45001 standartining tashkilotda joriy etilishi juda ko‘p afzalliklarni beradi. Natijada, ushbu boshqaruv tizimi talablari ish joyidagi salomatlik va xavfsizlikga ta’sir etuvchi xavfva xatarlarni kamaytirishga qaratilgan. Standart barcha jarayonlarda ishchi xodimlarni xavf va xatarlardan  himoya qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Deming Sikli va ISO 45001:2018
Xizmatlar va texnik xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish tashkilot tomonidan muntazam ravishda, mehnatni muhofaza qilish va uni takomillashtirishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.

Sifatni boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari XX asrning ikkinchi yarmida V.E.Deming kabi olimlarning sa’y-harakatlari tufayli tizimlashtirildi.

ISO 45001 standarti ISO boshqa standartlari kabi Rejalash-Bajarish-Tekshirish-Harakat qilish siklini (PDCA-Plan-Do-Check-Act) oʻz ichiga olgan jarayon yondashuvidan foydalanadi.

PDCA sikli barcha jarayonlarga va umuman sifat menejmenti tizimiga qo‘llanilishi mumkin.

PDCA sikli haqida qisqacha tavsif:

  • Plan - rejalashtirish - tizim va uning jarayonlari maqsadlarini ishlab chiqish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish qonunchlik talablari va tashkilot siyosatiga muvofiq natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan resurslarni aniqlash, xavf va imkoniyatlarni aniqlash;
  • Do - rejalashtirilgan ishlarni bajarish;
  • Check – bajarilgan ishlarni tekshirish va monitoring qilish;
  • ACT - harakat – mehnatni muhofaza qilish ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish.

PDCA siklini amalga oshirish tashkilotga o‘z jarayonlarini zarur resurslar bilan ta’minlash, ularni boshqarish, takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash va amalga oshirish imkonini beradi.

 



Tashkilotlar uchun ISO 45001 sertifikatlashtirish talablari

Agar,  ISO 45001:2018 talablaridan foydalangan holda sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi boshqarish tizimini joriy qilinayotgan bo‘lsa, u tugallangandan so‘ng tashkilot SMQ va MX boshqaruv tizimini sertifikatlashni o‘ylab ko‘rish mumkin. ISO 45001 boshqaruv tizimini joriy qilgandan song, sertifikatlashtirish auditiga muvaffaqiyatli tayyorgarlik korish uchun nima qilish kerak? Aslida, sertifikatlashni qayerdan boshlash haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

Joriy qilish va sertifikatlash ortasidagi farq nima?

Joriy qilish - bu tashkilot ISO 45001 talablariga rioya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha qoidalar, siyosat, jarayonlar va protseduralarni yaratish va o‘rnatish uchun o‘tadigan jarayon.

Standart talablarini bajarilganligini muvaffaqiyatli tarzda tasdiqlash va auditni o‘tkazish sertifikatlashtirish bo‘yicha organ  ISO 45001:2018 standarti talablarida nazarda tutilmagan. Biroq, tashqi auditorning tizimini ko‘rib chiqishi va yaxshilanish imkoniyalarini  manfaatdor bo‘lmagan tomon sifatida o‘rganishi uchun juda ko‘p sabablar mavjud.

ISO 45001 boyicha sertifikatlash uchun nima kerak?

Agar, tashkilot sertifikatlashtirish jarayonidan o‘tishni tanlagan bo‘lsa, tashqi auditorlar yakuniy sertifikatlashtirish auditiga kelgunga qadar bir nechta harakatlarni amalga oshirish mumkin. Auditorlar allaqachon hujjatlarni tekshirishning birinchi bosqichini yakunladilar, bunda ular tashkilotning  hujjatlarini ISO 45001 standarti talablariga muvofiq bo‘lishini tekshirib ko‘radilar. Shundan so‘ng tashkilot quyidagilarga ishonch hosil qilish mumkin:

  1. Barcha jarayonlar joriy etildi.

Modomiki, barcha jarayonlar hujjatlashtirilmagan bo‘lsa ham, SMQ va MX boshqaruv tizimini bir qismi sifatida zarur bo‘lgan barcha jarayonlar mavjudligi ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish  kerak. Bundan quyidagilar, ya’ni har bir jarayonni oʻrnatilganligini, har bir jarayon joriy etilganligini va har bir jarayonni qo‘llab-quvvatlanganligini (qoidalar oʻzgarganda xodimlar bu haqda bilishiga va yangi kelgan xodimlarga xabar berilishiga ishonch hosil qilish). To‘liq bo‘lmagan jarayonlarga ruxsat berilmaydi. 

  1. SMQ va MX boshqaruv tizimi yaratildi.

Audit uchun jarayonlar qanday ishlashini ko‘rsatuvchi tegishli hujjatlarga ega boʻlish zarur. Shu sababli, sertifikatlashtirish organi tomonidan yuborilgan tashqi auditorlar buni namoyish qilishda, zarur boʻlgan ma’lumotlarni toʻplashi uchun tashkilotdan ma’lum vaqt davomida SMQ va MX boshqaruv tizimidan foydalanishini istashadi. Ushbu muddatlar har bir sertifikatlashtirish organi uchun farq qiladi, lekin koʻpincha 4 oydan 8 oygacha, ba’zi hollarda esa 12 oygacha boʻlishi mumkin.

  1. Barcha jarayonlar tekshirildi.

ISO 45001 – SMQ va MX boshqaruv tizimini samaradorligini baholashning asosiy jarayonlaridan biri bu ichki auditdir. Sertifikatlashtirish boʻyicha auditorlar oʻz tekshiruvlarini oʻtkazishdan oldin tashkilot tomonidan barcha jarayonlarni qamrab olgan holda ichki auditini yakunlashini kutishadi.

  1. Yuqori rahbariyat tomonidan tahlil yakunlandi.

SMQ va MX boshqaruv tizimining yana bir muhim bahosi bu bajarilgan ishlarni tahlilini koʻrib chiqishdir. Bajarilgan ishlarni samaradorligini va natijadorligini tekshirish hamda resurslarning to‘g‘ri taqsimlanganligini  baholash uchun SMQ va MX boshqaruv tizimini kamida bitta yuqori rahbariyat tomonidan tahlil yakunlagan boʻlishi kutiladi.

  1. Toʻgʻirlovchi harakatlar amalga oshirildi.

Katta ehtimol bilan, bu vaqt ichida tashkilot tomonidan  ichki audit, rahbariyat tomonidan tahlil va jarayonlarni monitoring qilish orqali nomuvofiqliklarni topish mumkin. Ushbu nomuvofiqliklar aniqlanganda, nomuvofiqlikni sabablarini bartaraf etish uchun ya’ni kelgusida uning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun toʻgʻirlovchi harakatlar amalga oshiriladi.

  1. Yaxshilanishlar namoyish etildi.

SMQ va MX boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi? Toʻgʻirlovchi harakatlar - takomillashtirishning usullaridan biridir, lekin tashkilot SMQ va MX sohasidagi jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlaridan foydalanishning boshqa usullari va maqsadlariga erishganini koʻrsatishi kerak.

Tayyorgarlik muvaffaqiyatli sertifikatlashning kalitidir

Hayotning koʻp jabhalarida boʻlgani kabi, agar tashkilot yetarli darajada tayyorgarlik koʻrmasa, ayrim muammolarga duch kelishi mumkin. Sertifikatlashdan oldin bajarilishi kerak boʻlgan qadamlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular tashkilotning amalda bajargan ishlarini koʻrib chiqish uchun tashqi tomonni jalb qilishdan oldin SMQ va MX boshqaruv tizimi ishlashini taʻminlaydi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun biroz vaqt kerak boʻlsada, ular tashkilotning sertifikatlashtirish auditini yakunlashiga toʻsqinlik qilishi va yakuniy sertifikatlashni kechiktirishi mumkin boʻlgan ba’zi muammolarni aniqlashga yordam beradi. Chunki, sertifikatlashtirish organining auditorlari tomonidan tashkilot rahbariyati sezmagan boʻlishi mumkin boʻlgan haqiqiy muammolarni koʻrsatishlarini va izlab topishlarini xohlamaydi.

Modomiki, tashkilot sertifikatlashtirish auditi uchun pul toʻlayotganini hisobga olar ekan, demak, u SMQ va MX boshqaruv tizimini takomillashtirishga yordam beradigan eng yaxshi ma’lumotlarni taqdim etilishiga ishonch hosil qilishi zarur.

ISO 45001 sertifikatini qanday olish mumkin? 

SMQ va MX boshqaruv tizimini joriy etish va sertifikatlashtriish juda qiyin boʻlishi va
ISO 45001 talablarining koʻpini tezda tushunish qiyin boʻlishi mumkin. Shuning uchun, uni yaxshiroq tushunib olish maqsadida ISO 45001 standartini joriy etish va sertifikatlashda muqarrar ravishda yuzaga keladigan SMQ va MX boshqaruv tizimining asosiy elementlari haqidagi muhim savollarni batafsil bayon qiladigan quyidagi 12-bosqich koʻrib chiqiladi.

Amalga oshirish bosqichlari

  1. Rahbariyatga qoʻllab-quvvatlash boʻyicha murojaat qilish.

Ushbu muhim yetakchilik yordamini har bir rahbariyat vakili bilan alohida yoki  yigʻilishda gaplashib olish orqali olish mumkin.

  1. Qonunchilik talablarini bilish.

Tashkilot oʻz tarmogʻida barcha mehnatni muhofaza qilish qonunchiligining mintaqaviy, milliy va xalqaro darajada qoʻllashi kerak. ISO 45001 standartining 6.1.3-bandida SMQ va MX boshqaruv tizimini muvaffaqiyatli joriy etish uchun tashkilotning amaldagi qonunchilikga muvofiqligini bilishi va qoʻllab-quvvatlash talablarini belgilab oʻtilgan.

  1. SMQ va MX boshqaruv tizimini amal qilish sohasini belgilab olish.

SMQ va MX boshqaruv tizimi butun tashkilotga yoki koʻp qirrali tashkilotning faqat bitta boʻlinmasiga taalluqli boʻladimi, shuni aniqlab olish kerak. Bu SMQ va MX siyosatini, shuningdek, SMQ va MX boshqaruv tizimini sohasida ishlab chiqiladigan maqsadlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun juda muhim ahamiyatga ega.

  1. Jarayon va protseduralarni aniqlab olish.

Tashkilot  SMQ va MX ga ta’sir etuvchi xavf va xatarlarni boshqarish uchun jarayonlar va protseduralarni ishlab chiqishi  zarur. Shuningdek, qanday xavf va xatarlarni baholashni amalga oshirish kerakligini va qanday operativ nazorat va favqulodda tayyorgarlik tartib-qoidalariga ehtiyoj borligini, shuningdek, xodimlarni oʻqitish va xabardor qilish orqali nimani hujjatlashtirilishi va nimani nazorat qilinishi mumkinligini tushunib olish kerak.

  1. SMQ va MX jarayonlari va protseduralarini joriy qilish.

Boshqaruv va protseduralarning optimal ierarxiyasini hisobga olgan holda barcha jarayonlar va protseduralarni amalga oshirish algoritmini ishlab chiqish. Muvaffaqiyatga erishish uchun tashkilotdagi muayyan odamlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va xodimlar oʻrtasida qoʻshimcha mas’uliyatni qanday samarali taqsimlash haqida oʻylab koʻrish zarur.

  1. Xodimlarni oʻqitish va ularni ISO 45001 bilan tanishtirish.

Xodimlarga ISO 45001 nima ekanligini va undan nima uchun foydalanish kerakligi, shuningdek jarayonlardagi har qanday oʻzgarishlar haqida ma’lumot berilishi kerak. Buni maxsus litsenziyaga ega va akkreditasiyadan oʻtgan tashkilot bilan shartnoma rasmiylashtirsh orqali  trening va semenarlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirish mumkin. Muhimi, har bir inson oʻzining SMQ va MX boshqaruv tizimi tuzilmasiga qanday mos kelishini bilishi kerak. 

  1. Sertifikatlashtirish organini tanlash.

Maksimal muvaffaqiyatga erishish uchun tashkilot oʻziga toʻgʻri boʻlgan sertifikatlashtirish organini tanlash muhimdir. Auditorlarning tashkilot sohasi haqida tajribasi va bilimlariga, u bilan bogʻliq xavf va xatarlarga hamda ushbu sertifikatlashtirish organi boshqa qaysi tashkilotlarni sertifikatlaganligi va ularning qoniqish darajasi qanday ekanligiga hamda sertifikatlashtirish organi tashkilotga qanday foyda keltirishiga e’tibor qaratish kerak. Bu kelgusida tashkilot uchun eng mosini tanlash maqsadida, potentsial sertifikatlashtirish organlariga beriladigan savollardir. 

  1. SMQ va MX boshqaruv tizimidan foydalanish va yozuvlarni saqlash.

SMQ va MX hujjatlari ish paytida tashkilotning jarayonlari haqida nima deyishini, ular yaxshi ishlayaptimi yoki toʻgʻirlovchi harakatlar berish davomida biror narsani oʻzgartirish kerakmi yoki yoʻqligini tushunish juda muhimdir. Shuningdek, xodimlar hujjatlarda yozilgan talablardan nima qilishlari kerakligini tushunadimi yoki ba’zi sohalarda qoʻshimcha treninglar talab qilinadimi yoki yoʻqligiga e’tibor berish zarur. Ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish yoʻnalishlarini va bundan foyda olish ehtimolini aniqlash kerak. Tashkilot sertifikatlashtirish organidan boshqaruv tizimini tekshirishda yetarlicha “TAYYOR” deb hisoblashlari uchun qancha vaqt kerakligini soʻrab olish kerak.

  1. Ichki auditlarni oʻtkazish.

Ichki audit - har bir ishlab chiqarish jarayonini tekshirish uchun foydalanadigan vositadir. Ichki auditlar jarayonning ishlashini qonunchilik va Xalqaro standart talablariga muvofiqmi yoki nomuvofiqmi, toʻgʻirlovchi harakatlar orqali hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar mavjudligini va ayrim sohalarda tez-tez ko‘rib chiqish zarurligini aniqlashga yordam berishi kerak. 

  1. Yuqori rahbariyat tomonidan tahlilni oʻtkazish.

SMQ va MX boshqaruv tizimi yuqori rahbariyat rejasiga muvofiq ishlashi kerak, bu esa oʻz navbatida amalga oshirilgan yaxshilanishlar va tegishli resurslarni taqsimlashni hisobga olgan holda toʻgʻri amalga oshirilishi va samarali boʻlishi kerak. 

  1. Toʻgʻirlovchi harakatlari tizimini ishlab chiqish.

Toʻgʻirlovchi harakatlar SMQ va MX boshqaruv tizimidagi muommolarni bartaraf etishga va bundan tashqari jarayonlardagi oʻzgarishlarni aniqlashda, ichki audit yoki rahbariyat tomonidan tahlil olib borishda, shuningdek baxtsiz hodisalarni tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni sababini bartaraf etishga qaratilgan boʻlishi kerak.

  1. Sertifikatlashtirish auditini oʻtkazish.

Tashkilot auditga tayyor boʻlgach, sertifikatlashtirish organi auditorlarini SMQ va MX boshqaruv tizimining rejalari, jarayonlari va protseduralarini ISO 45001 talablari bilan solishtirish uchun yuboradi. Soʻngra, SMQ va MX boshqaruv tizimi yetarli darajada yetuk boʻlganda, sertifikatlashtirish organi asosiy auditni oʻtkazadi. Bir necha kundan so‘ng auditorlik guruhi o‘z xulosalari, jumladan, har qanday zarur toʻgʻirlovchi harakatlari bilan hisobot beradi. Menejment tiziminni ISO 45001 talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishsa, ular sertifikatlashni tavsiya qiladilar.

Maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish

Tashkilot boshidanoq tegishli resurslardan foydalanish uchun SMQ va MX boshqaruv tizimini joriy etish va sertifikatlashtirish rejasini yaratish yoʻllarini qidirish zarur. Ushbu rejalashtirish mavjud muammolarga yechim topishga va  bajarishga yordam beradi. Buning natijasida ortiqcha vaqt va resurslarni behuda sarflashning oldini oladi.

ISO 45001 sertifikatlashtirish organini qanday tanlash kerak

Tashkilot ISO 45001 sertifikatiga egami? Agar, tashkilot  ISO 45001 standartini joriy qilgan boʻlsa, SMQ va MX boshqaruv tizimini sertifikatlashni istasa, unga tashqi sertifikatlash organi kerak boʻladi. Sertifikatlash organini tanlashda e’tiborga olish kerak boʻlgan koʻplab quyidagi mezonlar mavjud:

ISO 45001 sertifikatining narxi hal qiluvchi omilmi?

Sertifikatlash jarayonining narxi tashkilotdagi koʻp odamlar uchun katta tashvish tugʻdirishi mumkin va bu, albatta, muhim boʻlsa-da, bu hal qiluvchi omil boʻlmasligi kerak. Tanlov qilishdan oldin quyidagilarni  koʻrib chiqish zarur:

Akkreditatsiya

Sertifikatlashtirish organlari oʻz xizmatlarini koʻrsatish uchun rasmiy ravishda akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlishi kerak. Akkreditatsiya odatda O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilot tanlovni amalga oshirishdan oldin, oʻzi tanlagan sertifikatlashtirish organini akkreditatsiyadan oʻtganligiga ishonch hosil qilish muhimdir.

Tajriba

Har bir organ audit oʻtkazishni  xohlaydi, lekin sertifikatlash jarayonining toʻliq qiymatga ega boʻlishi juda muhim va agar organning auditorlari tajribali boʻlsa, bu qiymat koʻproq boʻladi. Organdan auditorlarni tajribasi va ular tomonidan tekshirilgan oldingi tashkilotlarning isbotini soʻrash mumkin. Bu tashkilotga mos kelishi yoki yoʻqligini aniqlashga yordam beradi. Akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organlarida qaysi sertifikatlangan shaxslar auditor sifatida ishlayotganligini koʻrsatadigan elektron ma’lumotlar bazalari, shuningdek sertifikatlangan mijozlarning ma’lumotlar bazalari mavjud.

Integratsiyalashgan tizimlarni tekshirish qobiliyati

Tashkilot ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001 yoki ISO 22000 sertifikatlashtirish auditlarini talab qiladigan koʻp qirrali boshqaruv tizimiga ega boʻlishi mumkin va agar bitta sertifikatlashtirish organi ularni integratsiyalashgan auditda birgalikda koʻrib chiqishi mumkin boʻlsa, bu juda foydali boʻlishi mumkin. Bu tashkilotga koʻp vaqt va pulni tejaydi, chunki har bir audit uchun bir nechta audit oʻtkazadigan bir nechta organlar tashkilotning biznesi va uning boshqaruv tizimlari bilan tanishishi uchun vaqt kerak boʻladi. Boshqa tomondan, hamma narsani bitta auditga birlashtira oladigan auditorlik organi buni faqat bir marta bajarishi kerak boʻladi.

 

Mutaxassislik

Koʻpgina sertifikatlashtirish organlari ma’lum sohalarda ixtisoslashgani uchun obroʻga ega boʻlishadi va tanlov vaqtida buni e’tiborga olish kerak. Misol uchun, bosmaxona qurilish tashkilotiga nisbatan ISO 45001 sertifikatiga nisbatan juda boshqacha talablarga ega boʻlishi mumkin va  sertifikatlashtirish organi bosmaxona boʻyicha emas, balki qurilishda tajribaga ega boʻlsa, tashkilot faoliyatining nozik tomonlarini tushuntirishga ortiqcha vaqt sarflashga toʻgʻri kelishi mumkin. Bu esa tashkilotning auditdan maksimal foyda olish qobiliyatini kamaytiradi.

Uzoq muddatli munosabatlar

Tashkilot ham, sertifikatlashtirish organi ham keyingi bir necha yil davomida munosabatlarni davom etishini umid qilishadi. Agar tashkilot  sertifikatlashtirish organi bilan uzoq muddatli munosabatlar oʻrnatishi mumkin boʻlsa, unga ma’lum afzalliklar beriladi.

Masalan, manfaatdor tomonlar (mahalliy hokimiyat organlari, xodim va ularning oilasi, biznes hamkorlar, davlat nazorat organlari, OAV va boshqalar) qiziqish va ishonch ortadi hamda sertifikatlashtirish organidan oladigan umumiy xizmat darajasi yaxshilanadi. Shuning uchun sertifikatlovchini jalb qilishdan oldin uning obroʻsi, doimiy mavjudligi, barqarorligi va moliyaviy ahvolini koʻrib chiqishga arziydi, xuddi koʻpchilik hamkorlar yoki yetkazib beruvchilar bilan boʻlgani kabi.