“Tong saharda yig‘ilish o‘tkazishning gashti bo‘lak-da...” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat

12.02.2022

Ijtimoiy tarmoqdagi “Tong saharda yig‘ilish o‘tkazishning gashti bo‘lak-da...” sarlavhali xabarni https://t.me/adolat_kuychisi/2740 Davlat mehnat inspeksiyasi joyiga chiqib o‘rgandi.

Bugun ertalab ushbu vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida, vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratullo Odinayev Toshkent viloyati hokimligiga bordi.

 Inspeksiya xodimlari soat 07:10 atrofida hokimiyat binosiga kirib borganda, majlis o‘tkazilayotganligini aniqlashdi. Biroq, yig‘ilganlar vazirlik vakillarini ko‘rishi bilan majlisdan chiqib ketishgan.

Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud.

‼️ Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qiling. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.