Til - millat ko‘zgusi!

08.05.2020

Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shuningdek uning hududiy boshqarmalari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida ayni mavzuda ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, A.Qirg‘izboyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent I.Azimov, vazirlikning markaziy apparati xodimlari va hududiy bosh boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

photo_2020-05-08_12-14-03

Tarix fanlari doktori, professor A.Kirg‘izboyev o‘zbek tili eng qadimgi tillardan hisoblanishi, hozirgi kunda o‘zbek tilini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, o‘zbek tilini ulug‘lash, bundan tashqari, barcha tashkilot, davlat idoralarida davlat tilida ish yuritishga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladi.

O‘zligini hurmat qilgan davlat o‘z tilini huquqiy jihatdan himoya qilishga katta e'tibor qaratayotganiga urg‘u berildi.

Bugun dunyoda 7 mingdan ortiq til mavjud bo‘lsa, o‘zbek tili ham ushbu tillar qatoridan o‘rin olgan. Hozirda o‘zbek tilida qariyb 50 million aholi so‘zlashadi.

Tadbirda bugungi kunda respublikamizning davlat idoralarida, vazirlik va xo‘jalik tashkilotlarida rahbarning «Davlat tili to‘g‘risi»gi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Yig‘ilishda har bir sohada, xususan, mehnat munosabatlarida ham qo‘llaniladigan atamalar lug‘ati yaratilishi aytib o‘tildi.

photo_2020-05-08_12-14-04

Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar, davlat tilida ish yuritishdagi muammolar, kamchiliklar va oldinda turgan masalalarni bosqichma-bosqich hal qilish, davlat tili bo‘lmish o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish idoralararo muloqotning o‘zbek tilida yuritilishiga mustahkam zamin yaratadi.

photo_2020-05-08_12-14-05