Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3-oktyabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi VM-561-sonli Qaroriga asosan, Tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi bitiruvchilarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlash uchun bir qator imkoniyatlar belgilab berildi.
Bunda, Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokor hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarida mavjud shifokor vakant o‘rinlarida ishlashga;
Magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklarining bitiruvchi kurs talabalariga o‘z yo‘nalishidagi mutaxassislik bo‘yicha mavjud vakant o‘rinlarda to‘liq stavkagacha faoliyat ko‘rsatishlariga ruxsat berildi.
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida 2022/2023 o‘quv yilida jami bitiruvchilar – 6 205 nafarni tashkil etib, shundan bakalavr bosqichi – 3 787 nafar, magistratura – 1 124 nafar, klinik ordinatura – 1 294 nafardan iborat.
Bugungi kunda, jami 2 988 nafar bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirilib, shundan 2 201 nafar bakalavr bosqichi, 373 nafari magistratura, 414 nafari klinik ordinatura bitiruvchilarini tashkil etadi