Muzrabot tumanida bandlikni ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

09.05.2020

COVID-19 pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin va cheklovlar yurtimizda ko‘plab korxona va tashkilotlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishini taqozo qiladi. Bu band bo‘lmagan aholi sonining ortishi ehtimolini kuchaytiradi. Surxondaryoda mazkur masalaga yechim topishda: aholi bandligini ta'minlash va ularning daromadlarini qisqarib ketishining oldini olishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda. Buni o‘rganish maqsadida joriy yilning 8 may kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov viloyatning Muzrabot tumanida olib borilgan amaliy tadbirlar bilan tanishdi.

Tumanning Yakkatol mahallasidagi 13 gektar yer maydoni ega “Taskin Bog‘” ishlab chiqarish kooperativi uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 111.5 mln so‘m subsidiya ajratilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 50 nafar ishsiz, kam daromadli oilalar bandligi ta'minlangan. E.Muhitdinov bu yerda bo‘lib, uning holatini ko‘zdan kechirdi. Kooperativ a'zolariga sertifikatlar topshirdi.

Bundan tashqari aprel oyida Muzrabot tumanida 743 nafar ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularga Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 440,0 mln so‘m mablag‘ to‘lab berildi. May oyi uchun esa 940 nafar ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga jalb etilib, ish haqi to‘lovi uchun 707,8 mln so‘m to‘lab berish ko‘zda tutildi. 59 nafar ishsiz fuqaroga issiqxona qurishi; urug‘, ko‘chat va sug‘orish vositalari xarid qilishi uchun 81,9 mln so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratildi. 9 ta 142,0 gektar kooperativga 450 nafar ishsiz fuqaro jalb qilindi.

Музработ

Музработ 8

Музработ 7

Музработ 5