Mehnat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar raqamlarda

19.08.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasiga joriy yilning 6 oy davomida 12 293 ta jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, natijasiga ko‘ra 6 498 ta qanoatlantirilgan, 5 241 ta tushuntirish berilgan, 346 ta tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 208 ta ko‘rilmasdan qoldirilgan.

Murojaatlarni xususiyatlari bo‘yicha 3 886 ta nafari oylik ish xaqilari va boshqa to‘lovlar to‘lanmasligi, 1 295 ta noqonuniy ishdan bo‘shatilishi, 414 ta ishga qabul qilishda qonun buzilishi, 388 ta ishga qabul qilishda rad etilishi, 336 ta norasmiy ishlatilishi, 335 ta ish vaqti va dam olish vaqti bo‘yicha qonun buzilishi, 36 ta majburiy mehnat, 34 ta mehnat sharoitlari yaratilmaganligi va 5 569 ta boshqalarni tashkil etadi.

Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha joriy yilning 6 oy davomida 8 554 ta korxonada 21 455 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan, ushbu qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha 3 462 ta yozma ko‘rsatmalar va 75 ta taqdimnomalar kiritildi, 3 886 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 6 390,1 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi, o‘zining shaxsini oshkor qilmasdan ma’lumot berish imkoni bo‘lgan ijtimoiy tarmoqda dmi.mehnat.uz sayti, qisqa raqamli “1176” ishonch telefon va @mehnathuquqbot telegram tarmog‘i tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tarmoqqa jami 2 737 ta murojaatlar va xabarlar kelib tushdi va hozirgi kunga qadar murojaatlar kelib tushmoqda.