Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18.03.2021
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirning birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov va XMTning Markaziy Osiyo bo'yicha subregional koordinatori Z.Gadjiyev ishtirok etdi.
Uchrashuvda migrantlarga yordam ko‘rsatish, migratsiya oqimini tartibga solishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston bilan XMT o‘rtasidagi munosabatlar, shu bilan bir qatorda, Toshkentda XMTning vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, chet elda vaqtincha ishlash maqsadida yuboriladigan mehnat migrantlari uchun kasblar va jo'nab ketish mashg'ulotlari (til o'rganish, mamlakatdagi tarixiy va madaniy meros haqida bilim olish va boshqalar) to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Ma'lumot o'rnida ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda migratsiyani boshqarish va mehnat migrantlarini himoya qilish sohasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha hukumatlararo shartnomalar tuzildi. Chet elda ishlayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun alohida jamg‘arma tashkil etildi.
Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) esa aynan shu maqsadli dasturlarni shakllantirish va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega vositachidir.