"TEMIR DAFTAR"GA KIRITILGAN OILA VAKILLARIGA ISSIQXONA QURIB BERISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
24.10.2020
Toshkent viloyati Chinoz tumanining “Soxibkor” mahalla fuqarolari yig‘ini, Yoshlar ko‘chasi 5-uyda yashovchi “Temir daftar”ga kiritilgan mehnatga layoqatli ishsiz fuqaro Komila Tursunboyevaning shaxsiy tomorqasidan foydalanishi uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 sotixli issiqxona o‘rnatilib, u yerga ko‘kat, rediska hamda ziravor ekinlar ekib berildi. Shuningdek tumandagi shu kabi "Temir daftar"ga kiritilgan 16 nafar oila vakillariga ham issiqxona qurib berish ishlari davom etmoqda.