“Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Kompromat” kanalida 20.04.2022 yilda “Murojaat !” yuzasidan rasmiy munosabat

21.04.2022

“Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Kompromat” kanalida 20.04.2022 yilda “Murojaat!” nomli sarlavxa bilan chop etilgan maqola yuzasidan Andijon viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish Agentligining Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorlikda 20.04.2022 yilda “Telegramm” ijtimoiy tarmog‘idagi “Kompromat” kanalida “Murojjat!” nomli sarlavxa bilan Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A.N.Mamayusupov tomonidan Andijon shahrida qurilgan “Ishga marxamat” monomarkazni orqa hududidan 30 sotix yerni 4 sotixini tadbirkorga, qolganini ushbu xududga chegaradosh bo‘lgan fuqarolar xovlisiga xech qanday xujjatsiz, auksionsiz berib yuborilganligi qanchalik qonuniyligi o‘rganib chiqildi. Andijon shahar xududidagi “Ishga marxamat” monomarkaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustadi PQ-4804-sonli hamda shu xususidagi Andijon viloyati xokimining 2020 yil 30 maydagi 144-q sonli qarorlari bilan Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi, 4-uy manzili tashkil etilgan. “Ishga marxamat” monomarkaz qurilish va ta’mirlash ishlari 2020 yil 27 avgustdagi 173-sonli Qurilish-montaj ishlarini shartnoma asosida Andijon viloyati xokimligi “Yagona buyurtmachi hizmati” IK tomonidanamalga oshirilib, 2021 yil 15 iyul kuni foydalanishga topshirilib, hozirda mazkur monomarkazda 28 ta yo‘nalish bo‘yicha ishsiz aholini kasbga qayta tayyorlash o‘quv ishlarini amalga oshirib kelmoqda. “Ishga marxamat” monomarkaz shu kunga qadar Andijon viloyati xokimligi “Yagona buyurtmachi hizmati” IK tomonidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasiga Davlat qabul qilish komissiyasi a’zolari ishtirokida qonunda belgilangan tartibda topshirilmagan. “Ishga marxamat” monomarkazi umumiy 11956,52 m2 maydonda joylashgan bo‘lib, maqolaga ilova qilingan chizmada ko‘rinib turgan angarlar ortidagi burchak qismidagi taxminan 4-sotix ko‘rsatilagan yashil rangdagi uch burchak shakldagi maydoni Monomarkaz qurilishida devor ortida qolib ketganligi aniqlandi. Markazning orqa qismidagi 4 sotixli avvalgi “Transport va xizmat ko‘rsatish kasb-xunar” kolledji davrida ijara shartnomasi asosida “Sut va sut maxsulotlarini ishlab chiqarish” faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “CREAM SWEET MILK” MCHJga ijaraga berilganligi, Bosh boshqarma tomonidan tadbirkorning sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish holati sanitariya normalariga zid ekanligini bildirib, 2021 yil 19 apreldagi 14-01-15/526-sonli xat bilan viloyat Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markaziga murojaat qilgan. Kelgusida Davlat aktivlarini boshqarish Agentligining Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari ma’sul xodimlari xulosasi olinib, ushbu tadbirkor bilan 3 tomonlama shartnoma qilinadi, yoki sud tartibida ko‘rib chiqish uchun sudga murojaat qilinadi. Maqolada ilova qilingan foto suratdagi Monomarkaz chizmasining orqa qismidagi ko‘rsatilagn uch burchak shakldagi yashil maydoni (markaziy chiqindi va suv quviri hamda gaz trubalari qurilish ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda usha yerdagi aholi quruvchi va mutasaddi xodimlardan xavfsiz zonani saqlash joyi) xavfsiz zonasi sifatida tashlab ketib ko‘tarilgan. Yuqoridagi maqolani o‘rganish jarayonida monomarkaz orqasida yashovchi fuqarolar tomonidan markaziy kommunikasiya uchun tashlab ketilgan xavfsiz zona maydonini o‘zlashtirish, nomlariga kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish holatlarianiqlanmadi.