Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda “Mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishda yangi tendensiyalar:

25.11.2022

Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda “Mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishda yangi tendensiyalar: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Unda yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini huquqni qo‘llovchilarga tushuntirish, uning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risidagi milliy va xorijiy mutaxassislarning fikrlari tinglanib, Mehnat va xususiy huquqning boshqa sohalarini takomillashtirish hamda tegishli qonun normalariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirok etdi.