Talab yuqori bo‘lgan kasblarni aniqlash bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
15-iyun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida “O‘zbekiston zamonaviy iqtisodiyoti uchun malakani rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad – to‘qimachilik sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari singari sohalarda talab eng yuqori bo‘lgan kasblar va malakalarni aniqlash, kasbiy ta'lim yo‘nalishidagi mavjud muammolarni yuzaga chiqarish hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik bitimlarini tayyorlash hisoblanadi.
Seminarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari Murodullo Xolmuhamedov, Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti ijtimoiy sektori bo‘yicha katta mutaxassisi Sin Long hamda soha mutaxassislari va OTB ekspertlari ishtirok etdi.
Seminar yakuni bo‘yicha to‘qimachilik sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi talab eng yuqori bo‘lgan kasblar ro‘yxati shakllantirildi hamda mazkur yo‘nalishda olib boriladigan kelgusi ishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi.