Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi badligi ta'minlanmoqda

21.05.2020

#Bandlik
#Andijon_viloyati

Pandemiyaga qarshi kurash maqsadida joriy etilgan karantin va cheklovlar mehnat sohasiga ham ta'sir ko‘rsatmay qolmadi. Uning salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida mamlakatimiz prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov joriy yilning 20-may kuni Andijon viloyatining Marhamat va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi holatni o‘rgandi. 

photo_2020-05-21_23-45-19 

Bu yerda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash, iqtisodiy faollik va bandlikni kengaytirish, ayniqsa, kam daromadli oilalarning real daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish yuzasidan qator tadbirlar olib borilyapti. 

Jumladan, Marhamat tumanida quyonchilik kompleksi tashkil etilgan. Tumandagi ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash hamda ularning daromad manbaiga ega bo‘lishiga erishish  maqsadida korxona tomonidan tijorat bankining kredit mablag‘lari hisobiga aholiga zotli quyon yetkazib berilyapti. Mehnat vaziri marhamatlik A.Xayitqulov xonadonida bo‘lib, mazkur jarayonning yo‘lga qo‘yilgani bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari vazir tumandagi gilamchilik sexi faoliyati hamda "Agropilla" MChJga  jalb etilgan jamoatchilik ishlari bilan ham tanishdi. 

photo_2020-05-21_23-45-30 
 
Navbatdagi manzil Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘lib, bu yerda hudud mutassadilari bilan qishloqlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini oshirish, kam ta'minlangan oilalarning real daromad manbalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida joriy etilgan subsidiyalar xususida ma'lumot berildi.