Tadbirkorlarga 37 dona ishlab chiqarish qurilmalari va maxsus uskunalar topshirildi
#Live
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturining Navoiy viloyatidan saralab olingan tadbirkorlarga qurilmalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
✅Tadbirkorlarga beg'araz yordam sifatida 37 dona ishlab chiqarish qurilmalari va maxsus uskunalar topshirildi.
❇️Ma'lumot o'rnida aytish joizki, ushbu tabdirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish natijasida Navoiy viloyatida ayollar va yoshlar uchun 24 ta yangi ish o'rinlari hamda 21 nafar fuqarolarga zamonaviy kasb-hunarlarni o'rganishi hamda tabdirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.