Surxondaryo viloyatidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

24.05.2021

🌐Ijtimoiy tarmoqning telegram messenjerida Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovning 2021 yil 24 may kuni ertalab soat 07:00 da “ZOOM” platformasi orqali mutasaddi korxona va tashkilotlarni yig‘ilishga chaqirganligi haqida хабар (https://t.me/bankirkundaligi/3346) tarqaldi.

🔰Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan holat o‘rganilganida, Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov tomonidan ushbu xabarnoma rasman tasdiqlanmaganligi va texnik xatolik tufayli soat 09:00 da o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majlis vaqti 07:00 ga deb ko‘rsatilganligi aniqlandi.

Majlis vaqti joriy yilning 24 may kuni soat 09:00 da etib qayta imzolangan xabarnoma mutasaddi korxona va tashkilotlarga yetkazildi.

❗️Viloyat hokimligining mas’ullari ushbu texnik xatolik qayta takrorlanmasligi to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.