Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi voqea yuzasidan rasmiy munosabat

29.05.2021

🌐Ijtimoiy tarmoqning telegramm messenjerida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Enter engineering Pte Ltd” qo‘shma korxonasi bir guruh xodimlarining 2021 yil aprel oyi uchun ish haqlari to‘lab berilmaganligi haqida xabar tarqaldi.

🔰Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlanishicha, “Enter engineering Pte Ltd” qo‘shma korxonasida 1 100 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib, ayni paytda ularga aprel oyi uchun ish haqi to‘lanmagan.
Tuzilgan mehnat shartnomasiga ko‘ra, korxona ishchilariga ishbay — ya’ni, bajargan ish hajmiga asosan ish haqi berilishi belgilangan bo‘lib, 2021 yil aprel oyi uchun bajarilgan ish hajmi 2021 yilning 15-may sanasida topshirilganligi sababli o‘z vaqtida maosh to‘lash kechikkan.

✅Mazkur holat yuzasidan mehnat inspeksiyasi korxona rahbariyatiga xodimlarning ish haqlari joriy yilning 1-iyun sanasiga qadar to‘liq to‘lab berilishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma kiritdi.