Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Enter engineering Pte Ltd” qo‘shma korxonasidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

15.09.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda “Enter engineering Pte Ltd” qo‘shma korxonasining Surxondaryo viloyati Boysun tumanida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarining oylik ish haqlari kechiktirib to‘layotganligi, ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab berilishi yuzasidan yuborilgan xabar https://t.me/sizdantelegram/36259 tarqalgan.

Aniqlanishicha, bugungi kunda mazkur qo‘shma korxonaning Boysun tuman filialida 1 100 nafar xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularga 2021-yil avgust oyi uchun ish haqlari joriy yilning 14-sentyabr kuni to‘liq to‘lab berilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida, korxona xodimlari oylik ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab berilayotganligi va bu borada hech qanday e’tirozlari yo‘qligini ta’kidladilar.

Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Enter engineering Pte Ltd” qo‘shma korxona jamoasiga mehnat qonunchiligi yuzasidan zarur ko‘rsatma va tushuntirishlar berib o‘tildi.