SURXONDARYO MAHALLALARIDA QO‘SHALOQ BAYRAM
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev 7-8 dekabr kunlari Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib, Sho‘rchi tumanidagi “Xushchekka”, Uzun tumanidagi “Yangi yo‘l”, Boysun tumanidagi “Duoba” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ta’mirlangan 3 ta markaziy yo‘llar, 3 ta umumta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binolari, 2 ta oilaviy tibbiyot punkti, 2 ta kasb-hunarga o‘qitish maskani, 3 ta tadbirkorlik sub’yekti, 1 ta propan gaz maskani, 1 ta xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi, 1 ta qabriston, 1 ta bolalar maydonchasi hamda 1 km uzunlikda yangi tashkil etilgan uzum ishkomini foydalanishga topshirish tadbirlarida ishtirok etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari munosabati bilan mahalla ahlini qizg‘in qutladi.
Bayram tadbirlari doirasida mahallalarda turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalari tashkil etildi.
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish tadbirlarida faol ishtirok etgan 3 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, 1 nafar hokim yordamchisi, 1 nafar mahalla faoli “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.