SURDOTARJIMONLIK kursiga qabul e'lon qilamiz!

23.02.2022

Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida O'zbekiston Karlar jamiyati bilan hamkorlikda "Surdotarjimon" kasbi bo'yicha 3 oylik o'quv kursi tashkil etildi.

✅Tasdiqlangan namunaviy o'quv reja asosida, Siz:

- Daktil alifbosi;
- sonlar;
- tanishishga bogʻliq so‘zlar;
- har kungi koʻp ishlatiladigan so‘zlar;
- vaqtga, tabiatga bogʻliq soʻzlar;
- kasb-hunarga bogʻliq soʻzlar;
- lavozimlar, tibbiyotga oid so‘zlar;
- mamlakatlar bo'yicha jami 432 soatga mo'ljallangan o'quv yuklamasining 30% ni (130 soat) nazariy, 70% ni (302 soat) amaliy o'quv mashg'ulotlar doirasida o'rganasiz.

Yoshga doir cheklovlar yo'q va bepul o'qish imkoni ham bor.

Eng muhimi, kurs yakunida o'rta maxsus ta'limi diplomiga tenglashtirilgan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.