Navoiy viloyatida band bo‘lmagan aholiga ko‘mak
15.04.2020
Navoiy viloyatining olis hududi – Tomdi tumanida ham karantin va cheklovlar davrida 527 nafar fuqaroning bandligi ta'minlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 436 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.
Shuningdek, ishsizlik nafaqasini to‘lashni kengaytirish, tadbirkorlikka jalb etish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan mikrokreditlar ajratish, tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar ajratish kabi amaliy choralar ham ko‘rildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov bu yerda bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.