Sug‘urta kompaniyalari diqqatiga!

13.09.2023


   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 713-sonli Qarorida xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar xayoti va sog‘ligini kompleks sug‘urtalash belgilab o‘tilgan. Shunga ko‘ra, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tomonidan fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i hamda boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash xizmatini xarid qilish uchun tegishli hujjatlari ishlab chiqildi va eng yaxshi takliflarni tanlash jarayonlarini amalga oshirish maqsadida “etender.uzex.uz” elektron savdo tizimiga (https://etender.uzex.uz/lot/296601) joylashtirildi. Unga ko‘ra, eng yaxshi takliflarni tanlab olishning yuqori qiymati 1 000 000 000 (bir milliard) so‘m va har bir mehnat migranti uchun sug‘urta mukofoti summasi 50 ming so‘m etib belgilangan, shuningdek taklif etilayotgan dastur bo‘yicha jami 20 000 nafar fuqarolarga taqdim etilishi nazarda tutilgan. Ushbu eng yaxshi taklifni tanlash jarayoni 2023-yilning 19-sentabrigacha davom etishinini inobatga olib, mazkur jarayonda o‘z takliflaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi.