"Startap tashabbuslari" dasturi doirasida 11 taniqli texnologik biznes vakillari bilan "Speed mentoring" formatida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

20.04.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi "O‘zbekistonda yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish" qo‘shma loyihasi doirasida "Startap tashabbuslari" dasturi ishtirokchilari 11 taniqli texnologik biznes vakillari va startaplarni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv "Speed mentoring" formatida bo‘lib o‘tdi, unda Toshkentdagi 32 startap loyihalar jamoalariga o‘z biznes g‘oyalarini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar olish imkoniyati Akmal Payziyev (MyTaxi, Express 24), Nigora Akilova (FOM Group), Laziz Adxamov (SAP), Abduqaxxor Tashmuxamedov (Green White Solutions), Muzaffar Karabayev (Kpi.com, Wing.ae), Rustam Xamdamov (Billz), Aziz Raximov (Click va Arba maslahatchisi), Alisher Yusupov (Brand.uz direktori), Yelena Selezneva (StartupFactory direktori), Akmal Salixov (VRonica), Sanjarbek Nasirbekov (Ransif Group) tomonidan berildi.

Startap tashabbuslari dasturining mintaqaviy bosqichlari tez kunda boshlanishini eslatib o‘tamiz.

Yangiliklarimizni kuzatib boring!