“Kitobchallenge”

28.03.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan boshlangan har bir rahbarning maktab kutubxonalariga kitob ulashish xayrli tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyati ham faol ishtirok etmoqda.

“Kitobchallenge” doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda Vazirlik rahbariyati o‘zlari xizmat safarida bo‘lib turgan joylardagi maktab kutubxonalariga 200 dan ortiq kitoblarni sovg‘a qilishdi. Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 23-sonli, vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi 48-sonli, vazir o‘rinbosarlari Bahodir Umrzoqov Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi 17-sonli va Nodir Yakubov Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi 15-sonli umumta'lim maktablariga tashrif buyurib, o‘quvchi yoshlar uchun adabiy-badiiy kitoblarni taqdim etdi.