So‘x tumanida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ochildi
23.07.2021
Bugun Fargʻona viloyati So‘x tumanida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bino qurilishida mehnat qilgan quruvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, turli o‘quv kurslarida tahsil olib, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlash uchun kerakli asbob-uskuna va dastgohlar taqdim etildi.