#sonlar_emas_odamlar_gapirganda

08.11.2019

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholi bandligini ta'minlash, ayniqsa, ishsiz ayollarni ish faoliyatiga jalb etish yo‘lida qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Hunar egallash niyatidagi xotin-qizlar kasbga o‘qitilyapti, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlar uchun subsidiyalar, Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan hisobidan kreditlar taqdim etilmoqda.

Sonlar, statistikalar bir tomon. Bandlik va mehnat munosabatlari axborot xizmati bugundan “Sonlar emas, odamlar gapirganda...” rukni ostida mana shunday xotin-qizlar haqida ma'lumot beradi, ularning faoliyatiga nazar tashlaydi.

 

#sonlar_emas_odamlar_gapirganda

туя1

Tanishing, xorazmlik Soporgul Qodirova – "FAYZBEK LOBAR" xususiy korxonasi rahbari. Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 150 mln. so‘m kredit olib, faoliyatini boshlagan. U tuyachilik bilan mashg‘ul. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlikning mazkur yo‘nalishi orqali yaxshigina foyda olish mumkin. Soporgul Qadirova tuyalar olingan paytda 200–250 kg bo‘lishini, bugungi kunda ularning vazni 450 kg ga yetganini ta'kidladi. Ulardan kuniga 300–350 ming so‘mdan, oyiga 9–10 mln so‘m daromad olish mumkin deydi, tadbirkor.

туя2

Soporgul Qodirova kelajakda tuyalarni yanada ko‘paytirish, sut va junini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, oziq-ovqat mahsulotlari savdosini tashkillashtirish, xalqimizni sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta'minlashni maqsad qilingan.

туя4