Smolensk viloyatidagi yurtdoshlarimiz murojaati yuzasidan

26.11.2021

Smolensk viloyatidagi yurtdoshlarimiz murojaati yuzasidan

2021 yil 24 noyabr kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga Smolensk viloyati Vyazьma shahrida joylashgan “Konstanta” MCHJda ishlayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz ish beruvchi tomonidan ularning pasportlari olib qo‘yilgani, uch oydan buyon patent rasmiylashtirilmayotgani va oylik maoshlari kechiktirilayotgani haqida murojaat qilgan.

Mazkur xabarga yanada oydinlik kiritish va aniqlangan muammolarni ish beruvchi bilan bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mas’ullarining 27 noyabr kuni voqea joyiga yetib borishi rejalashtirildi.

O‘rganishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.