“Sirdaryoda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilayotgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

04.02.2022

"Kusherbayevga murojaat" telegram kanalida “Sirdaryoda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilayotgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/190?single yuzasidan Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.

Davlat boshqaruv organlari, tijorat banklari rahbarlari va ma’sul xodimlaridan olingan tushuntirish xatlarida ular ish vaqti davomida o‘zlarining asosiy ish joylarida lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni bajarganliklarini, boshqa mehnatga maburlanmaganliklarini ma’lum qilishgan.

Aniqlanishicha, Boyovut tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ishsizlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 15 nafar jamoatchi xodimlar "Navruz" MFYda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilingan.